Ryzencv Pul qaytarish siyosati
Pul qaytarish siyosati (Shartlari)
Murojaat muddati: xariddan keyin 14 kun
1. Qachon pul to'liq qaytariladi?
- Texnik xatolik: AI yoki render tizimi rezyumeni yarata olmasa va texnik yordam 48 soat ichida hal qila olmasa.
- Xarid xatosi: foydalanuvchi yanglishib bir xil obunani ikki marta sotib yuborgan bo'lsa.
2. Qachon pul qaytarilmaydi?
- Xizmatdan foydalanilgan bo'lsa: premium shablonda rezyume yaratilgan va yuklab olingan bo'lsa.
- "Menga yoqmadi" sababi refund uchun asos bo'lmaydi (preview oldindan mavjud bo'lsa).
- Xarid qilinganiga 14 kundan oshgan bo'lsa.
- Akkount qoidabuzarlik yoki tizimga zarar yetkazish urinishlari sabab blocklangan bo'lsa.
Refund so'rovi uchun supportga to'lov isboti va akkaunt ma'lumotlarini yuboring. So'rovlar ketma-ket ko'rib chiqiladi va natija email orqali yuboriladi.